date

Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab bir muddat maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bayonotiga ko‘ra, tekshiruvlar davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Ayni paytda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov “Kayserispor” safida 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi, jamoa esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Makarov avvalroq Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi