date

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda to'qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. Adidas ishlab chiqargan to'p qoramtir ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar tasviri ajralib turadi.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda o'tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi