date

Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddat maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangani aytildi. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, rossiyalik futbolchi jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi