Shevchenko Rebrov Ukraina terma jamoasida qolishini tasdiqladi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, «Milan» va «Chelsi» sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi borasida munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali «Sergey Stanislavovichni almashtirish masalasini ko‘rib chiqmayapmiz. U ishini xotirjam davom ettirishi mumkin», deya ta’kidladi.
Rebrov Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini 2023 yilda qabul qilib olgan.
«Sariq-ko‘klar» 2026 yilgi Jahon chempionati saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va endi pley-off (styik) o‘yinlarida qatnashadi. Ukraina terma jamoasining ilk raqibi Shvetsiya bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing