date

Marsel de Dzerbidan keyin yangi murabbiy izlamoqda

Marsel de Dzerbidan keyin yangi murabbiy izlamoqda

“Marsel” Roberto de Dzerbi bilan hamkorlik yakunlangach, bosh murabbiylik uchun yangi nomzodlar ustida faol ishlamoqda. Jurnalist Sebastyan Deni xabariga ko‘ra, ro‘yxatdagi asosiy variantlardan biri — “Al-Ittihod”ni boshqarayotgan Serjiu Konseysau. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Shunga qaramay, fransuz klubi rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni uzoq vaqtdan beri kuzatib keladi va Konseysau nomzodi “Marsel”da 2024 yildayoq jiddiy ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, murabbiyning “Al-Ittihod” bilan shartnomasida tovon puli bandi mavjud bo‘lib, u 4,5 mln yevroni tashkil etadi.

Fransiya chempionatining 21-turidan so‘ng “Marsel” 39 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel de Dzerbidan keyin yangi murabbiy izlamoqda