Tottenxem Odobertni uzoq muddatga yo‘qotdi, jiddiy jarohat

Seshanba kuni Angliya chempionati doirasida «Tottenxem» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq vinger VIlson Odobert jarohat sababli almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Le Parisien xabariga ko‘ra, ertasi tongda 21 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijalari uning chap tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam uzilganini ko‘rsatgan.
Agar tashxis tasdiqlansa, Odobert uchun 2025/2026 yilgi mavsum amalda yakunlangan bo‘lishi mumkin. Bunday jarohatdan tiklanish odatda kamida olti oy vaqt oladi, biroq yakuniy ma’lumotni klubning rasmiy bayonotidan kutish kerak.
2025/2026 mavsumida VIlson Odobert 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Fransiyaning yoshlar terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!