Marsel bosh murabbiylik uchun Konseysau variantini ko'rib chiqmoqda

«Marsel» Roberto de Dzerbi bilan xayrlashganidan so'ng bosh murabbiylik masalasi bo'yicha faol ish olib bormoqda. Jurnalist Sebastyan Deni xabariga ko'ra, fransuz klubi nomzodlar ro'yxatiga «Al-Ittihod»ni boshqarayotgan Serjiu Konseysauni ham kiritgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan, biroq klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni uzoq vaqtdan beri kuzatib keladi. «Marsel» Konseysauni 2024 yilda ham jamoaga olib kelishni istagan.
Qayd etilishicha, murabbiyning «Al-Ittihod» bilan shartnomasida 4,5 million yevro miqdoridagi kompensatsiya bandi belgilangan.
Liga 1 ning 21-turidan keyin «Marsel» 39 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing