Samedov Rossiya tez orada top terma jamoalar bilan o'ynaydi deb ishonadi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Samedov milliy jamoa atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, navbatdagi yig'in taxminan besh yarim haftadan keyin bo'lib o'tadi, ammo o'rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar hanuz rasman e'lon qilingani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Rossiya yaqin orada Yevropaning yetakchi terma jamoalariga qarshi maydonga tushishiga ishonaman. Shuningdek, 2026 yilda jamoamiz kuchli lotinamerikalik terma jamoa bilan ham o'yin o'tkazishini istisno qilmayman", — deya Samedovning so'zlarini Metaratings keltirdi.
Ma'lumki, hozir Rossiya terma jamoasi faqat o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi mumkin. Bunga qariyb to'rt yil avval UEFA va FIFA tomonidan Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar sabab bo'lib turibdi.
Rossiya terma jamoasi oxirgi marta rasmiy o'yinni 2021 yil noyabrida o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!