“Liverpul” derbida oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

"Liverpul" "Everton"ga qarshi o'tkazilgan Mersisayd derbisida oxirgi daqiqalarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Muhammad Saloh hisobni ochgan bo'lsa, Betu "Everton"ga tenglashtirdi. Ammo, o'yinning qo'shimcha daqiqalarida Virgil van Deyk kiritgan goli "Liverpul"ga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Ushbu dramatik uchrashuv Mersisayd derbilarining qanchalik keskin va kutilmagan bo'lishini yana bir bor isbotladi.
Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Everton” – “Liverpul” bahsi o‘z yakuniga yetdi va Mersisayd derbisi yana bir bor katta dramaga aylandi. Keskin kurashlar bilan o‘tgan uchrashuvda “Liverpul” oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda hisobni “Liverpul” ochdi, Muxammad Saloh 29-daqiqada aniq zarba berib, jamoasini oldinga chiqardi. Biroq “Everton” ikkinchi bo‘limda Betu orqali javob qaytarib, 54-daqiqada hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunigacha intriga saqlanib qoldi.
Asosiy voqea esa qo‘shimcha daqiqalarda sodir bo‘ldi. 90+10-daqiqada Virjil van Deyk gol urib, “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi va derbining taqdirini hal qildi. Shu bilan “qizillar” muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv davomida “Liverpul” ikkinchi darvozaboni Georgiy Mamardashvili jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi, bu esa jamoa uchun qiyin vaziyatni yuzaga keltirdi.
APL. 33-tur
“Everton” – “Liverpul” 1:2
Gollar: Betu (54) — Saloh (29), Van Deyk (90+10)
“Everton”: Pikford, O‘Brayen, Tarkovski, Brantveyt (Kin, 88), Mikolenko, Guye, Garner, Maknil (Jorj, 80), Dyuzberi-Holl, Ndiaye, Betu (Barri, 73).
“Liverpul”: Mamardashvili (Vudman, 58), Jons, Konate, Van Deyk, Robertson (Kerkez, 86), Soboslai, Gravenberh, Saloh, Virts (Mak Allister, 84), Gakpo (Frimpong, 84), Isak (Ngumoha, 72).
Ogohlantirishlar: Pikford (22), Garner (90+12)
Bu derbi yana bir bor Mersisayd to‘qnashuvlarining qay darajada keskin, ehsosli va oxirigacha kutilmagan bo‘lishini ko‘rsatdi.































Izohlar 0
…