«Manchester Siti» – “Arsenal”: asosiy tarkiblar eʼlon qilindi

Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida markaziy va juda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda «Manchester Siti» o‘z maydonida mavsum peshqadami sanalgan “Arsenal”ni qabul qiladi. Bu bahs chempionlik taqdiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘yin sifatida katta eʼtibor markazida turibdi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi. Har ikki jamoa uchun ham bu uch ochko juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, turnir jadvalidagi vaziyat intrigani yana-da kuchaytiradi.
Hozirgi holatga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi 70 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Bir o‘yin kam o‘tkazgan "Manchester Siti" esa 64 ochko bilan yaqin taʼqibchi sifatida ikkinchi pog‘onada joylashgan. Demak, bu uchrashuvdagi g‘alaba chempionlik poygasini butunlay qayta yozib qo‘yishi mumkin.
Bugungi o‘yinda mezbonlar safida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan joy olgan. Bu esa o‘zbekistonlik muxlislar uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Taxminiy tarkiblar:
«Manchester Siti»: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gehi, O‘Rayli, Rodri, Silva, Semenyo, Sherki, Doku, Holand.
“Arsenal”: Rayya, Moskera, Saliba, Gabriel, Hinkapi, Edegor, Subimendi, Rays, Madueke, Eze, Haverts.
Umuman olganda, bu to‘qnashuv nafaqat uch ochko uchun, balki mavsum taqdiri uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!