Jo Koul: “Manchester Siti” bugungi o‘yinda tajriba va ruhiy ustunlikka ega

Ekspert va sobiq futbolchi Jo Koul fikricha, Londonning “Arsenal” jamoasi o‘yinida so‘nggi vaqtlarda charchoq alomatlari sezila boshlagan. Uning taʼkidlashicha, jamoa mavsum davomida yuqori tempda harakat qilgani uchun fizik va ruhiy bosim ortayotgan bo‘lishi mumkin.
Garchi “Arsenal” hozirda turnir jadvalida ochkolar bo‘yicha peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa-da, Jo Koulning fikricha, asosiy psixologik ustunlik «Manchester Siti» tomonida. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi hal qiluvchi o‘yinlarda katta tajribaga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Jo Koul bu haqda TNT Sports efirida shunday dedi:
«Manchester Siti, shubhasiz, asosiy daʼvogar. Pep Gvardiola hamma bilan psixologik o‘yin olib bormoqda».
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Siti”ning ishonchi oxirgi o‘yinlarda kuchli raqiblar — “Liverpul” va “Chelsi” ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabalar orqali yana-da mustahkamlangan.
Xulosa qilib aytganda, ekspert fikriga ko‘ra, chempionlik kurashi faqat ochkolar bilan emas, balki tajriba va ruhiy barqarorlik bilan ham hal bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!