date

Angliya JCh oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'ynaydi

Angliya JCh oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'ynaydi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati boshlanishi arafasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlarning raqibi Kosta-Rika bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum qilingandi. Har ikki bahs AQShda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasiga yaqin hududda o'tkaziladi, ammo aniq stadion hozircha e'lon qilinmagan.

Angliya va Kosta-Rika bungacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik bahsida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, undan to'rt yil oldin esa jahon chempionati guruh bosqichida 0:0 natija qayd etilgan.

Tomas Tuhel boshqaruvidagi jamoa 17 iyun kuni jahon chempionatidagi ishtirokini Xorvatiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan, shuningdek, Gana va Panama ham o'rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya JCh oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'ynaydi