Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda kuch sinashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. 1/8 finalga esa umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi allaqachon to'g'ridan to'g'ri yo'l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni jamoatchilikka ko'rsatdi. Yangi dizayn to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvi Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bellashuv 30 may, shanba kuni tashkil etiladi.
Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!