date

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda

"Inter" yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, Milan klubi 37 yoshli futbolchiga yangi, qisqa muddatli kelishuv taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Mazkur shartnoma 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallanishi mumkin. Hozirda Mxitaryanning "Inter" bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha kuchga ega.

Mxitaryan 2022 yilda "Roma"dan erkin agent sifatida "Inter"ga kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda