date

Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Turinliklar 25 yoshli belgiyalik hujumchi Lui Opendani mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlasa, majburiy ravishda sotib oladi. Futbolchining huquqlari hozircha Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Yuventus» ayni paytda A Seriya jadvalida to'rtinchi pog'onada bormoqda va keskin pasayib ketishi dargumon. Demak, klub Openda uchun 40,6 million yevro to'lashiga to'g'ri keladi.

Calciomercato xabariga ko'ra, bosh murabbiy Spalletti forvardning o'yinidan to'liq qoniqmayapti: Openda barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda atigi 2 ta gol urgan. Shu bois «Yuventus» yozgi transfer oynasida futbolchini qo'yib yuborish variantlarini ko'rib chiqishi mumkin.

Openda avvalroq «Lans», «Vitess» va «Bryugge» safida to'p surgan. Belgiya terma jamoasida esa 27 o'yinda 3 gol muallifi bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi