date

Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o'rtoqlik uchrashadi

Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o'rtoqlik uchrashadi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati starti arafasidagi tayyorgarlik rejasini yana bir nazorat bahsi bilan to'ldirdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlar navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Kosta-Rikaga qarshi o'tkazishga kelishib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq angliyaliklar 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum bo'lgandi.

Har ikkala bahs AQShda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasiga yaqin hududda o'tkaziladi, biroq aniq stadion va manzil hozircha e'lon qilinmadi.

Angliya va Kosta-Rika terma jamoalari shu paytgacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik o'yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbekning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, 2014 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida esa tomonlar 0:0 hisobida durang qayd etgandi.

17 iyun kuni Tomas Tuhel shogirdlari jahon chempionatidagi yurishini Xorvatiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan Gana va Panama ham o'rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o'rtoqlik uchrashadi