UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun to‘pni taqdim etdi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-off bahslariga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final yo‘llanmasi uchun sakkizta chipta ustida kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni namoyish qildi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo‘lib, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To‘p Adidas tomonidan tayyorlangan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.
Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!