Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda

“Inter” yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Milan klubi 37 yoshli futbolchiga yangi qisqa muddatli bitim taklif etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Yangi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallanishi mumkin. Amaldagi shartnoma esa 2026 yil 30 iyungacha kuchga ega.
Mxitaryan 2022 yilda “Roma”dan erkin agent sifatida “Inter”ga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 24 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida futbolchining bahosi 3,5 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing