Rossiya elchisi Rossiya va Marokko o'rtasida o'yin o'tkazishni xohlaydi

Rossiyaning Marokkodagi elchisi Vladimir Baybakov ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diplomatning aytishicha, Rossiya terma jamoasi uchun Marokko bilan maydonga tushish qiziqarli bo'lardi. U bu tashabbusni yaxshi g'oya deb atab, uni amalga oshirishga harakat qilishlarini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Marokko terma jamoasi yaqinda bo'lib o'tgan Afrika kubogida finalgacha yetib borgan, hal qiluvchi bahsda Senegalga yutqazib, musobaqani ikkinchi o'rinda yakunlagan.
Rossiya esa FIFA va UEFA qaroriga ko'ra xalqaro turnirlardan chetlatilgan. Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Chiliga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!