Luis Enrike Zabarny holatidan xavotir olmasligini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Ilya Zabarny haqida fikr bildirdi. Ukrainalik futbolchi Parij klubiga moslashish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytilmoqda. Zabarny PSJga yozda "Bornmut"dan kelib qo‘shilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enrikening ta’kidlashicha, klub transfer qilinayotgan futbolchilar masalasiga juda sinchkovlik bilan yondashadi va har bir o‘yinchiga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Murabbiy yozda kelgan futbolchilar borasida xavotirda emasligini, Fransiya Kubogidan chiqib ketilgani sabab rotatsiya va o‘yin amaliyoti berish imkoniyatlari qisqarganini ham qo‘shimcha qildi. Shunga qaramay, u Zabarny va kamroq o‘ynayotgan boshqa futbolchilar ham yaqin orada kerakli daqiqalarga ega bo‘lishiga ishonishini bildirdi.
13 fevral, juma kuni PSJ Fransiya chempionati doirasida safarda "Monako"ga qarshi o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!