Yuventus yozda Federiko Gattini sotib yuborishi mumkin

"Yuventus" himoyachisi Federiko Gatti jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuttosport xabariga ko'ra, Turin klubi bu yoz futbolchini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Bunga sabab, bosh murabbiy Luchano Spalletti endi Gattini "sotilmaydigan" futbolchilar qatorida ko'rmayapti. Shuningdek, himoyachining yillik maoshi 3 million yevroni tashkil etadi va klub uning o'yini bu xarajatlarga to'liq mos kelmayapti, deb hisoblamoqda.
Gattining "Yuventus"ga o'tishi 2022 yilda "Frozinone"dan 9 million yevro evaziga amalga oshgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 17 uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing