date

Al-Hilol Kalidu Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi

Al-Hilol Kalidu Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsumda ham «Al-Hilol» safida to‘p suradi. Saudiya klubi rasmiy saytida senegallik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi kelishuv hujjatlariga imzo chekkan Kulibalining «Al-Hilol» bilan hamkorligi 2027 yilning o‘rtalarigacha davom etadi.

Kulibali jamoaga 2023 yilda qo‘shilgandi. U bungacha Yevropada «Mets», «Genk», «Napoli» va «Chelsi» klublarida o‘ynagan.

Himoyachi Saudiya Arabistonini avvalo yuqori maosh sabab tanlaganini yashirmagan, keyinroq esa mahalliy chempionat darajasini ham yaxshi baholagan.

Hozir «Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «An-Nasr» esa bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Kalidu Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi