date

Tottenhem vingeri Odobertning krest jarohatini tasdiqladi

Tottenhem vingeri Odobertning krest jarohatini tasdiqladi

"Tottenhem" rasmiy sayti fransuz yoshlar terma jamoasi vingeri Uilson Odobertning chap tizzasidagi oldingi krestsimon bog‘lam uzilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli futbolchi APLdagi so‘nggi uchrashuvda jarohat olib, o‘yin davomida almashtirilgan.

Klub xabariga ko‘ra, Odobert kelasi haftada jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi va shundan keyin reabilitatsiya jarayoni boshlanadi.

"Tottenhem" tiklanish muddatlarini ochiqlamadi, biroq bunday jarohatdan qaytish odatda kamida yarim yil talab qiladi. Shuningdek, fransuz futbolchisi uchun 2025/2026 yilgi mavsum amalda yakunlangani ta’kidlanmoqda.

Hozirda "Tottenhem" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem vingeri Odobertning krest jarohatini tasdiqladi