Luis Enrike Zabarniy masalasiga xotirjam munosabat bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Ilya Zabarniy atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Ukrainalik futbolchining Parij klubiga moslashish jarayoni biroz qiyin kechayotgani haqida gap-so'zlar bor. Zabarniy PSJ safiga yozda «Bornmut»dan kelib qo'shilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enrikening aytishicha, klub transfer qiladigan futbolchilarga juda sinchkov yondashadi va har bir o'yinchiga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. Murabbiy yozda kelgan futbolchilar borasida xavotirda emasligini ta'kidladi. Shuningdek, Fransiya kubogidan chiqib ketilgani sababli rotatsiya qilish imkoniyatlari kamayganini, biroq o'yinchilar har lahzada maydonga tushishga tayyor turishi zarurligini qo'shimcha qildi. Enrike Zabarniy hamda kamroq o'ynayotgan boshqa futbolchilar yaqin vaqtda o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonch bildirdi.
13 fevral, juma kuni PSJ Fransiya chempionatida safarda «Monako»ga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!