Sanderlend uyda ilk bor yutqazdi va Nottingem rekordi saqlandi

Angliya chempionatining 26-turida «Sanderlend» o'z maydonida «Liverpul»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Bu natija «mushuklar» uchun joriy mavsumdagi uy uchrashuvlarida ilk mag'lubiyat bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Sanderlend» o'z stadionida ketma-ket 13-o'yindagina ilk bor yutqazdi. Bu ko'rsatkich oliy liga tarixida yangi ko'tarilgan jamoalar orasidagi eng yaxshi uy seriyalaridan biri sifatida qayd etildi.
Biroq mutlaq rekord hanuz «Nottingem Forest»ga tegishli: 1978/1979 mavsumida oliy ligaga chiqqan jamoa uy maydonida 21 uchrashuv davomida biror marta ham mag'lub bo'lmagan. Shu bois «Sanderlend» endi bu rekordni yangilay olmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing