date

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishni anchadan beri istagan

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishni anchadan beri istagan

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Yangilangan kelishuvga ko'ra, nemis mutaxassis 2028 yilgacha "uch sherlar" bilan ishlashda davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuxel Angliya termasini boshqarish orzusi ancha oldin paydo bo'lganini ham yashirmadi. Uning aytishicha, 2021 yilda "Chelsi"ni boshqargan paytida Yevropa chempionati uchrashuvlari "Uembli"da o'tgan va o'sha muhit uni juda ta'sirlantirgan.

"O'shanda butun mamlakatning hayajoni sezilardi, bu o'zgacha tuyg'u edi. Men agentimga qo'ng'iroq qilib: 'Vau, bu mening orzum! Avval "Chelsi" bilan barcha sovrinlarni yutaman, keyin Angliya terma jamoasida ishlayman', degandim", — deya murabbiy so'zlarini keltiradi terma jamoa matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, Tomas Tuxel "Chelsi"ni 2021 yil yanvardan 2022 yil sentyabrgacha boshqargan. Angliya milliy jamoasidagi lavozimiga esa 2025 yil boshida kirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishni anchadan beri istagan