Piter Krauch Arsenal uchun bu mavsum imkoniyat katta dedi

Angliya chempionatida so‘nggi yillarda tez-tez takrorlanadigan holat bor: «Arsenal» mavsumning ikkinchi qismida peshqadamlikni qo‘lga oladi, biroq yakunda chempionlik poygasida ochkolarni boy berib qo‘yadi. Sobiq angliyalik hujumchi Piter Krauch bu yil vaziyat boshqacha ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Krauchning fikricha, Mikel Arteta jamoasi har mavsum orttirayotgan tajriba evaziga yanada pishib bormoqda. Eng muhimi, raqiblar hozir inqiroz holatida: odatdagidek barqaror va kuchli ko‘rinmayapti, jumladan «Manchester Siti» ham. Shu sabab «Arsenal»da chempionlik uchun real imkoniyat bor, deya u BBC Sport’ga bildirib o‘tdi.
«Arsenal» oxirgi marta Angliya chempioni unvonini 2004 yilda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing