Tomas Tuhel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel shartnomasini uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuhelning aytishicha, u Angliya termasini boshqarish istagini anchadan beri ichida saqlab kelgan. 2021 yilda «Chelsi»ni boshqargan paytida Yevropa chempionati o‘yinlari fonida «Uembli»dagi muhit uni alohida hayajonga solgan: stadiondagi energiya va butun mamlakatning jo‘shqini murabbiyda katta taassurot qoldirgan.
«O‘shanda vakilimga qo‘ng‘iroq qilib: “Vau, bu mening orzum! «Chelsi» bilan barcha sovrinlarni yutaman, keyin esa Angliya terma jamoasida ishlashni xohlayman”, degandim», — deya murabbiy so‘zlarini keltiradi “uch sher” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuhel «Chelsi»ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya terma jamoasidagi lavozimga esa u 2025 yil boshida tayinlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!