Simeone Yamalni jahlini chiqarib uch barmogini ko'rsatdi

Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk o'yinida «Barselona» safarda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushdi va Madridda 0:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca xabariga ko'ra, uchrashuv davomida «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone «Barselona»ning 18 yoshli iqtidor egasi Lamin Yamalni provokatsiya qilishga uringan. Mezbonlar uch to'p farqi bilan oldinda ketayotgan pallada argentinalik mutaxassis vinger tomonga uch barmogini ko'tarib ishora qilgan va shu tariqa jamoasining ustunligini namoyish etgan.
Javob uchrashuvi 3 mart kuni Kataloniyada bo'lib o'tadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra ustun kelgan jamoa turnir finaliga yo'l oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing