Kiryaakov Safonov dunyodagi eng kuchli klubda o'ynamoqda

“Gamburg”ning sobiq futbolchisi Sergey Kiryaakov “PSJ” darvozaboni Matvey Safonovning hozirgi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kiryaakovning ta'kidlashicha, futbolda ba'zan imkoniyat yo'qdek tuyuladi, ammo vaqt o'tib aynan kerakli lahza paydo bo'ladi.
“Ana shu lahza uning uchun keldi. Final, ehtimol, eng kuchli musobaqa emasdir, lekin u o'z imkoniyatidan mahkam ushladi. Endi asosiy vazifa — shu darajani saqlab qolish, bu esa ancha qiyin. Keyini esa vaziyatning o'zi ko'rsatadi”, — deya Kiryaakovning so'zlarini keltiradi “RB Sport”.
Mutaxassis Safonovning keyingi taqdiri ko'p jihatdan uning ruhiy tayyorgarligiga bog'liqligini aytdi, chunki u hozir, Kiryaakov fikricha, sayyoradagi eng kuchli jamoada to'p surayotgandek.
Eslatib o'tamiz, mavsum davomida Safonov “PSJ”ning asosiy tarkibidan joy olib, Lyuka Shevalyeni zaxiraga surib qo'ydi. Rossiyalik darvozabon hisobida 7 ta o'yin, 5 ta o'tkazib yuborilgan gol va 3 ta “quruq” uchrashuv bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!