Jezush Ronalduning nega o'ynamasligini izohladi va dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.
«Zich taqvimni inobatga olib, Ronalduga ham, asosiy tarkibdagi boshqa futbolchilarga ham dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o'yin turibdi», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim uchrashuvlarda avval ham qatnashmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o'yini shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!