date

Messi 2026 yilgi JChda qatnashmasligi mumkin

Messi 2026 yilgi JChda qatnashmasligi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialni o'tkazib yuborish variantini ham inkor qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qaror asosan uning jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Messi o'zini 100 foiz tayyorlikdan hatto 1 foizga ham pastroq his qilsa, jahon chempionatiga bormaslikni ma'qul ko'rishi aytilmoqda.

Manbada ta'kidlanishicha, futbolchi MLS darajasini mundial oldidan eng yuqori formaga chiqish uchun yetarlicha raqobatli deb bilmaydi. Shu bois u buni faqat to'liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida o'z unvonini himoya qiladi. O'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi JChda qatnashmasligi mumkin