Kun'ya soch oldirmaydigan muxlisga klub munosabatini aytdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kun'ya jamoa muxlisi haqida gapirdi: u klub ketma-ket besh o'yinda g'alaba qozonmaguncha sochini oldirmaslikka qaror qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Qizil iblislar" qariyb 500 kundan beri besh uchrashuvni uzluksiz yutishga erisha olmayapti. Shu bois Frenk Aylett ismli muxlis shu vaqt davomida sochini o'stirib kelmoqda.
Kun'yaning aytishicha, odamlar ko'proq muxlisning soch turmagiga qiziqib qolgan, o'zi esa bu masalaga uncha ahamiyat bermaydi. Hujumchi uchun asosiy narsa — 15 ochko, soch masalasi esa ba'zan tilga olinsa-da, jamoani jiddiy ruhlantirmaydi. Kun'ya bu voqea keragidan ortiq e'tibor tortayotganini ham ta'kidladi.
23 fevral kuni Maykl Karrik jamoasi safarda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!