date

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiya Turkiyadagi sharoitlardan umuman olganda mamnun, biroq maoshlar kechikayotgani uni norozi qilmoqda. Shu sababli u Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Maosh masalasidagi kechikishlar noyabr oyidan beri davom etayotgani ta'kidlandi.

32 yoshli himoyachi o'tgan yil yozida Antalyaspor safiga qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin