Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi jamoasida qanday ahvolda ekani borasidagi savollarga munosabat bildirdi. 32 yoshli futbolchining javoblari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u "hammasi yaxshi" deya javob qaytardi. Turkiyadagi sharoitlar o'zini qoniqtiryaptimi, degan savolga esa himoyachi tabassum bilan "hammasi joyida" ekanini aytdi.
Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!