Ryuerson uchta assist bilan Borussiyada tarix yaratdi

Dortmundning «Borussiya»si Bundesliganing juma kungi «Maynts»ga qarshi uchrashuvida birinchi bo‘limdayoq uchta javobsiz gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Seru Girassi dubl qayd etdi, yana bir golga Maksimilian Bayer mualliflik qildi. E’tiborlisi, har uchala vaziyatda ham yakuniy pasni Yulian Ryuerson berdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi «Borussiya»da (2004/05 mavsumidan beri statistika yuritilgan davrda) Bundesligadagi bir o‘yinning birinchi bo‘limida uchta golli uzatma bergan ilk futbolchiga aylandi. Bundan avval u Germaniya chempionatida bir uchrashuvda bir martadan ko‘p assist qilmagan edi.
Agar «ariqlar» g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida yetakchi «Bavariya»dan ortda qolayotgan farq uch ochkogacha qisqaradi. Biroq myunxenliklarning zaxirada bitta o‘yini ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!