date

Messi 2026 yilgi JCHda o'ynamaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda

Messi 2026 yilgi JCHda o'ynamaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda

Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi mumkin. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada ta'kidlanishicha, barchasi futbolchining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Messi o'zini 100 foiz tayyorlikdan hatto 1 foizga past his qilsa ham, jahon chempionatiga yo'l olmaslikka qaror qilishi mumkin.

Shuningdek, Messi MLS darajasi mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatli emas deb hisoblaydi. Shu bois u bu kamchilikni faqat mukammal jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida sovrinni himoya qiladi. O'tgan mundial finalida "albiseleste" Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi JCHda o'ynamaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda