Luis Enrike Dembele bayonotiga keskin javob qaytardi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike «Renn»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng Usmon Dembele bildirgan fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Liga 1 doirasidagi safar uchrashuvida parijliklar 1:3 hisobida yutqazdi. Final hushtagidan keyin Dembele jamoa o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatga sabab bo‘lgan birdamlikni yo‘qotganini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Enrike esa klubda hech bir futbolchi o‘zini jamoa manfaatlaridan ustun qo‘ya olmasligini aytdi. Murabbiy, shuningdek, natija uchun asosiy mas’uliyatni aynan o‘zi zimmasiga olishini qayd etib, Dembele so‘zlari hozirgina yutqazilgan o‘yindan keyingi hissiyotlar ta’sirida aytilganini urg‘uladi.
Qayd etilishicha, juma kungi bahsda PSJning yagona goliga ham aynan Usmon Dembele mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!