Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam beradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida klubining avvalgi ikki bahsida maydonga tushmagan edi. Biroq hozir u yakuniy qarorini qabul qilib, jamoa safida yana o'ynashga tayyor. Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, yulduzli portugaliyalik shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda qatnashishi kutilmoqda. «Al-Nasr» futbolchilari allaqachon uchrashuv bo'lib o'tadigan Al-Hasaga yetib borgan.
O'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing