date

Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida ham to'qnash kelgan, o'shanda «qaymoqranglilar» uchun o'yin omadsiz yakunlangan edi: 2:4 hisobidagi mag'lubiyat «Real»ni 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum qilgan. Endi esa Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa pley-offning stykov bosqichida yana «burgutlar» bilan yuzma-yuz keladi.

«Lissabondagi «Benfika»ga qarshi uchrashuv juda og'ir o'tgandi. Bu stadionda g'alaba qozonish oson emas. O'sha kuni biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik, ammo bundan xulosa chiqardik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki oldinda «Bernabeu»da javob bahsi borligini aniq tushunib turibmiz», — dedi Kurtua.

Dastlabki o'yin 17-fevral kuni Lissabonda, javob uchrashuvi esa 25-fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi