date

Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, hammasi futbolchining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Agar Messi o'zini 100 foizlik tayyorgarlikdan hatto 1 foiz pastroq sezsa ham, u Jahon chempionatiga yo'l olmaslikka qaror qilishi mumkin.

Messi MLS darajasini mundialga eng yuqori sport formasida yetib borish uchun yetarlicha raqobatbardosh deb hisoblamaydi. Argentina terma jamoasi sardori bu kamchilikni faqat to'liq jismoniy tayyorgarlik orqali qoplash zarurligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida o'z unvonini himoya qiladi. O'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin