date

Barselona sobiq himoyachisi Rafa Markesni tabrikladi

Barselona sobiq himoyachisi Rafa Markesni tabrikladi

Juma kuni Rafa Markes tavallud kunini nishonladi. Meksikalik sobiq futbolchi 47 yoshga to‘ldi va «Barselona» o‘zining avvalgi markaziy himoyachisini bayram bilan qutladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ko‘k-anorranglilar» ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida: «Tug‘ilgan kuning bilan, Rafa!» — deb yozdi.

Markes «Barselona» safida 2003–2010 yillarda to‘p surgan. U shu davrda 242 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 13 ta assist muallifi bo‘ldi. 2022–2024 yillarda esa Markes klubning yoshlar jamoasini boshqargan. Ayni paytda u Meksika terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda.

«Barselona» navbatdagi o‘yinini 16 fevral kuni «Jirona»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona sobiq himoyachisi Rafa Markesni tabrikladi