date

Martynovich Haverts bilan o'yindan keyin kulgili suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan o'yindan keyin kulgili suhbatni esladi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so'nggi uchrashuvdan keyin «Arsenal» futbolchisi Kay Haverts bilan bo'lgan qiziqarli muloqot haqida gapirdi. Uning aytishicha, Haverts Martynovichning yuzini qaerdandir taniyotgandek bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning so'zlariga ko'ra, «Arsenal» futbolchisi: «Negadir yuzing menga juda tanish», degan. Shunda Aleksandr avvalroq «Bayer»ga qarshi o'yinlarda ustun kelishganini, keyin esa Haverts «Chelsi»da to'p surgan paytda ham raqib sifatida bir necha bor to'qnash kelishganini eslatgan.

Futbolchi, shuningdek, shaxsiy kolleksiyasida Havertsning o'yin futbolkasi ham borligini ta'kidladi. Martynovich avval Rossiya chempionatida ham o'ynab, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» jamoalarida to'p surgan.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida uchrashgan. Londondagi bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan o'yindan keyin kulgili suhbatni esladi