Eddi Hau Gimaraesh jarohatini jamoa uchun katta yo'qotish dedi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau markaziy yarim himoyachi Bruno Gimaraeshning jarohati yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qarg'alar» yetakchisi «Tottenhem»ga qarshi so'nggi uchrashuvda son orqa mushagidan shikast oldi. Natijada braziliyalik futbolchi taxminan ikki oyga safdan chiqdi.
«U uchun qandaydir mo'jizaviy yechim bor, deb o'ylamayman. Taxminimcha, u mart oyidagi terma jamoalar tanaffusi yakuniga borib mashg'ulotlarga qaytadi. Bu biz uchun jiddiy zarba. Mavsumning hal qiluvchi pallasi, u esa bundan juda tushkun», — dedi Hau.
Joriy mavsumda Braziliya terma jamoasi хавбеки barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing