Messi Lego'dan jahon chempionligi kubogini yig'ib chiqdi

Argentina terma jamoasi yulduz hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda yangi post ulashdi. Kadrlardan ko'rinishicha, u Lego konstruktori yordamida jahon chempionligi kubogi modelini yig'ib chiqqan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messi surat ostida “Buni yakunladik, Lego”, deya faxr bilan yozdi. Yakunda chiqqan kubokning balandligi asl trofey o'lchamlariga mos bo'lib, model 2842 ta detaldan iborat ekani qayd etildi.
Bu ish ancha vaqt va sabr talab qilishi tabiiy. Eslatib o'tamiz, Argentina hozirgi amaldagi jahon chempioni: o'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiya bilan 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida zafar quchgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing