date

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif etilishi mumkin

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif etilishi mumkin

Faoliyatini yakunlagan mashhur futbolchi Andres Inyesta yana ishga qaytishi mumkin. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli Inyestaga Marokash terma jamoasi tomonidan taklif tushishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif qilinishi mumkin.

Marokash terma jamoasi yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash to'rtinchi o'rinni egallagan edi. “Atlas sherlari” yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o'rin uchun o'yinda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif etilishi mumkin