Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif etilishi mumkin

Avval futbol maydonlarida porlagan Andres Inyesta yana ishga qaytishi mumkin. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli ispaniyalik mutaxassisni Marokash terma jamoasi o‘z safiga chorlamoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif qilinishi ehtimoldan xoli emas.
Marokash terma jamoasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “Atlas sherlar” Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash to‘rtinchi o‘rinni egallagan: yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing