Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktorini tanishtirdi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga tezkor kuchaytirishlar zarurligi sabab, endi bu tandem transfer masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik davrida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 o‘yin o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing