date

APL grandlari va Bavariya qimmat vinger uchun kurashmoqda

APL grandlari va Bavariya qimmat vinger uchun kurashmoqda

"RB Leyptsig"ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi ehtimoli yuqori. Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, futbolchi uchun "Bavariya" hamda Angliya Premyer-ligasining bir nechta grand klublari raqobatga kirishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Leyptsig" hozircha iste'dodli ivuariyalikning aniq narxini belgilab olmagan, biroq futbolchiga bo'lgan qiziqish juda katta. Myunxen klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Diomande salohiyatini yuqori baholayotgani ta'kidlanmoqda.

Transfermarkt portalida Diomandening qiymati 45 million yevro deb ko'rsatilgan. Shunga qaramay, avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ishonilsa, "qizil buqalar" uning transferi uchun 100 million yevroga yaqin summa so'rashi ham mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APL grandlari va Bavariya qimmat vinger uchun kurashmoqda