Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning ta'kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir necha futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy uchun asosiy e'tibor oldinda turgan muhim «Al-Fateh»ga qarshi chempionat o'yiniga qaratilgan.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatdi. Al Nassr Zone Jezushning so'zlarini keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!